Boladagi til ko’nikmalari haqida qisqacha Aylin tug’ilganda...
Aug 13, 2026
Boladagi til ko’nikmalari haqida qisqacha
Aylin tug’ilgandan boshlab dadasini unga faqat “dada” deb gapirar edik. Koreys tilidagi kitoblarida chiqadigan “appa” (dada) so’zini ham odatda o’zbekcha dadaga aylantirib o’qib berar edik. Lekin tili chiqqanda biz kutgandek “dada” deb emas, “appa” deb chiqqan. Shunda juda hayron qolgandik, biz o’rgatmasak ham bir-ikki marta eshitib bilib olgan “appa” so’zida tili chiqishi ham mumkinmi deb.
Buning sababi homiladorlik paytiga borib taqalar ekan. Homiladorlik vaqtida menda ishda ham, ko’chada ham faqat koreys tilida muloqot bo’lgan. Aytmoqchi bo’lganim, bolalardagi nutq ko’nikmalari ona qornidayoq rivojlanishni boshlar ekan.
2009-yil germaniyalik olimlar o’tkazgan tadqiqotga ko’ra ham, ona qaysi tilda gapirsa bola tug’ilganda shu tilda aksent bilan yeg’lar ekan. Homiladorlikning oxirgi oylarida bola onasining nutqidagi intonatsiya va ritmni eshitib, eslab qolar ekan.
Shu sababli bola ona qornidaligida qaysi tilda ko’proq muloqot qilinsa yoki Qur’on ko’p o’qilsa, bola tug’ilgach tabiiy ravishda o’sha tildagi harflarni talaffuziga qiynalmas ekan.
Hozir dada ham deydi, appa ham deydi. Lekin baribir appa o’ziga qulay shekilli dadasini appa deb chaqiradi ))