Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bugun ona suti haqida ajoyib ma’lumot o’qib qoldim. Unda yoz...

Dec 4, 2025
Bugun ona suti haqida ajoyib ma’lumot o’qib qoldim. Unda yozilishicha, ona suti faqat bolani oziqlantiribgina qolmay, balki bolani “o’qir” ham ekan. Agar bolada kasallik boshlanyotgan bo’lsa, bola tanasi infeksiya bilan kurashayotgan bo’lsa yoki ko’proq suyuqlikka muhtoj bo’lsa, u onasini emganida uning so’lagi onaning tanasiga signal yuborar ekan. Bu holatda ona suti avtomatik ravishda tarkibini o’zgartirar ekan 👉🏻 U antitanachalarni ko’paytirishi, yog‘ni oshirishi, kaloriyani ko‘tarishi yoki bolaga suv kerak bo‘lsa suv miqdorini ko‘proq qilishi mumkin ekan — bularning barchasi bolaning ehtiyojiga qarab o’zgarar ekan. Shuning uchun bola kasal bo’lib qolganda tez-tez emizish kerak deyilar ekan. Chunki ona sutida antitanachalar, virus va bakteriyalarga 🦠 qarshi himoya moddalar, probiotiklar mavjud ekan. Ona sutining yana bir ajoyib tomoni — tunda ajraladigan sut bolani uxlashiga yordam beradigan garmonlarni o’z ichiga olsa, kunduzgi sut esa energiya va serg’ayratlikni qo’llab-quvvatlaydi. Shu sababli kechasi ajralgan sutni olib qo’yib, kunduzi berib bo’lmaydi yoki aksi Qarang Alloh ona sutini qanchalar mukammal qilib yaratib qo’ygan ekanaaa! Subhanalloh! Ilohim farzandlarimizni ikki yoshgacha to’liq emizishlikdek mustahab amalni bajarishlikka barchamizni qodir qilsin 🤲🏻 Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar