Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Shirin kartoshkadan muzqaymoq Bu gal mashg’ulotimizda batat...

Dec 3, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 51.10 KB
Shirin kartoshkadan muzqaymoq Bu gal mashg’ulotimizda batat (shirin kartoshka) 🍠 mavzusini o’rgandik. Boshqacharoq qilib aytadigan bo’lsak, Koreya dalalarida dehqon bo’lib ishlab,shirin kartoshka ekdik 😅 Bahonada dalada uchratish mumkin bo’lgan hashorat va jonzotlar bilan ham tanishib oldik. Hosilni terib, bolalar bilan shirin kartoshkali muzqaymoq tayyorladik. Hali haqiqiy muzqaymoq ta’mini bilmagan bolamga shirin kartoshkali muzqaymoq juda yoqib tushdi )) Siz ham uyda bolalarga shunday muzqaymoq qilib bersangiz bo’ladi. O’zbekistonda batat (shirin kartoshka) uncha topilmaydi, lekin banana 🍌 yoki avakado 🥑 kabi yumshoq mevalarni ezib, muzqaymoq vaflisiga solib bersangiz mazza qilib yeyishadi. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar