Kecha mashg’ulotimiz bor edi. Bu safargi mavzuda “dinozavr”l...
Nov 18, 2025
Media: photo
Dimensions: 867 × 1280
Size: 102.60 KB
Kecha mashg’ulotimiz bor edi. Bu safargi mavzuda “dinozavr”lar mavzusi bo’ldi.
Bolalar dinozavrlar haqidagi ensiklopedik “flap book” kitobdan dinozavr turlarini ko’rib tanishishgandan so’ng, o’zlari ham kiyimchalarini kiyib dinozavr bo’lishdi.
O’yinchoq dinozavrlar bilan hayolot o’yinlarini o’ynab, suv charxpalagi bilan ham tanishib, mayda donchalar orqali oyoq-qo’l sensorlarini ishlatishdi.
Bu safar dinozavrlarga moslab nima yegulik berarkin-a deb rosa o’ylagandim. Bedana tuxumini qaynatib pishirib olib kelibdi 😅 Bolalarga dinozavrlarni tuxumi shunday ko’rinishiga ega bo’ladi degan tushunchani berish uchun shuni o’ylab topganiga qoyil qoldim. Qizimizga yoqdi shekilli o’sha yerni o’zida 3ta bedana tuxumini archib yedi, 3tasini uyga olib keldik.
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar