1-3 yosh Vizual xotirani eng tez oshirish mumkin bo’lgan olt...
Nov 17, 2025
1-3 yosh Vizual xotirani eng tez oshirish mumkin bo’lgan oltin davr
Bolalar hali o’qish-yozishni bilmasalar ham shakllarga qarab eslab qolarkan. Kitobni muqovasidagi rasmi, harflarni shaklini shu butun holicha miyasida saqlab oladi. Ya’ni siz kitobni so’raganizda matnni emas, balki shu soyabon ko’tarib turgan bolakayni rasmini eslaydi. Bu “vizual xotira” (ko’rish orqali eslab qolish) bo’lib, 3yoshgacha eng kuchli ishlar ekan.
Vizual xotirani qanchalik kuchli bo’lishi - bolada shunchalik diqqatni yaxshi jamlay olish, tez fikrlash, taqqoslash kabi qobiliyatlarni yaxshi shakllanishiga sabab bo’lar ekan. Keyinchalik o’qishni boshlaganda esa harflarni yaxshi ajratish, mantiq, tasavvur va kreativlikni kuchaytiradi. Yo’lni topish, narsalarni joyini topish, qaysi shakl qayerga mos kelishi kabi muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini ham oshirarkan. Shu sababli 3yoshgacha bolaga vizual xotira mashqlarini berib xotirani rivojlantirishga yordam berish kerak ekan.
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar