Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Bugun yaxshilab e’tibor bersam, biz o’qib bergan kitoblarni ...

Nov 17, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 109.39 KB
Bugun yaxshilab e’tibor bersam, biz o’qib bergan kitoblarni qayta o’zi yakka tomosha qilganda “xotira”ga joylarkanlar. Chunki o’qib berayotganimizda batafsil ko’ra olmagan mayda detallarni qayta o’zi tomosha qilganda birma-bir ko’rib chiqadi-da, kelasi safar kitobdagi katta odam ham bittada payqamaydigan mayda qurt-qumursqalargacha qani deb so’rasez bittada ko’rsatadi. Shu kitob o’qish orqali xotirasi ancha charxlanyapti. Hozir taxminan 100dan oshiq kitobni o’qigan bo’lsak hammasini eslab qolgan. Kitobni nomini aytsez borib o’sha kitobni topib olib keladi. Yoki “qaysi kitobda bolakay yomg’ir yog’masa ham soyabonini tutib yuradi? “ deb savol berilsa ham o’sha so’ralgan kitobni borib topib olib keladi. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar