Gripp (Influenza) ga vaksina haqida qisqacha. Meni bilishi...
Nov 11, 2025
Gripp (Influenza) ga vaksina haqida qisqacha.
Meni bilishimcha O’zbekistonda ham gripp uchun vaksina olsa bo’ladi. Poliklinikalarda va xususiy vaksina markazlarida qilinadi.
Hatto aptekada ham sotar ekan vaksinani.
Lekin aptekadan vaksina olib “hamshiralikka o’qigan qo’shni qiz”ga qildirib yurmanglar aaa. Vaksina oddiy ukolmas, shok reaksiya berib qolsa hech kim qutqarishga ulgirmay qoladi.
Vaksinani albatta vaksina qiladigan markazlarda qilish kerak, chunki ularda anafilaktik shok yuz bersa Epinefrin (Adrenalin) dorisi ampula shaklida birinchi yordam uchun doim tayyor turadi. Doktorlarni vaksina (emlash) dan keyin ketmay 10minut kutib turing deyishlari ham aynan shu reaksiya berish-bermasligini tekshirish uchun aytiladi.
Gripp uchun vaksinaga qaytadigan bo’lsak, vaksinani bola 6 oyligidan boshlab olsa bo’ladi. Umrida birinchi olishi bo’lsa 4hafta oralig’i bilan 2marta oladi. Bu narsa faqat 8yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli. Agar bola 9 yosh bo’lsayu lekin hali bir marta ham gripp uchun emlanmagan bo’lsa faqat bir marta oladi xolos. Va undan keyin har yili bir martadan olib yuraveradi. Kattalar ham birinchi olishi bo’lsa ham bir marta oladi.
* Gripp vaksinasi oddiy shamollashga ta’sir qilmaydi…
Gripp uchun olgan vaksinez esa olgan kundan boshlab 2~4haftadan keyin ta’sir qilib tanada virusga qarshi immunitet hosil qiladi.
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_billimlar