Bolaga oyoq kiyim kiydirish, garshokka o’rgatish kabi yangil...
Nov 8, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 322.29 KB
Bolaga oyoq kiyim kiydirish, garshokka o’rgatish kabi yangiliklarni birdan boshlamagan yaxshi ekan. Bola o’sha narsa bilan yetalicha tanishib olishi uchun vaqt berish kerak ekan. Ko’pchilik bolaga oyoq kiyim kiydirib o’rgatib turish kerak deb hisoblaydi. Vaholanki bu narsa hali yurmagan, oyoq mushak va paylari rivojlanayotgan bolaga halal beradi, oyoqda muvozanat saqlashni o’rganishini ham kechiktiradi.
Bola o’z vaqti kelib yurishni boshlaganda oyoq kiyim kiyishni rad qilmasligi yoki qo’rqmasligi uchun oldinroq bolaga oyoq kiyim olib unga shunchaki berish kerak. Bola o’zi oyoq kiyimni o’ynab yurib, kattalar kiyayotganini ko’rib qiziqishi uyg’onib ko’tarib keladi menga ham kiydiring oyoq kiyimimni deb. Yurishni boshlagandan keyin o’zi yurishni zavqidan oyoq kiyimga ham qiziqish ortarkan, shuning uchun shoshilmagan yaxshi.
Garshokda ham bola tanishishi uchun yetarlicha vaqt berilsa o’rganish oson va tez kechadi deb o’ylayman.
Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar