Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Yaqinda unitaz ko’rinishidagi garshok olgandik. Birdan unga ...

Nov 8, 2025
Media: photo
Dimensions: 960 × 1280
Size: 99.56 KB
Yaqinda unitaz ko’rinishidagi garshok olgandik. Birdan unga o’tkazib bolaga qo’rquv bermaslik uchun garshokni ushlab ko’rib, ichiga to’plarini solib ko’rib, o’tirib ko’rib u bilan yaqindan tanishishi uchun qo’yib qo’ydik. Lekin hali o’rgatishni boshlamadik. Bolaga garshokni o’rgatish uchun eng yaxshi vaqt 18oylikdan ~30oylik orasi ekan. Hamma bolada tayyorlilik har xil vaqtda bo’lgani sabab aynan 18oylikda boshlash shart emas. Bolani yaxshilab kuzatgan holda uni tayyor bo’lgan vaqtini topib boshlagan yaxshi ekan. Huddi biz kutganimizdek hozir tinmay shu bilan ovvoralar. Orqamachak kelib o’tirib ko’radi, quyonini o’tkazib qo’yadi, to’plarini solib qo’yadi har xil o’yinlar qiladi. Eng qizig’i shu garshoklar haqida kitobi bor edi. Shu kitob esida ekan topib kelib kitobdagi bola nima qilsa shunaqa qilib o’tiribdi 😅 Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar