Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

O’tgan kuni mashg’ulotimizdan keyin bir ona bilan yaqinroq t...

Nov 8, 2025
O’tgan kuni mashg’ulotimizdan keyin bir ona bilan yaqinroq tanishib bolalarni o’yingohga olib bordik. O’yingohda bolalarni o’ynatib tursak, birdan qiziz (14oylik)ga ko’p kitob o’qib berasizmi deb qoldilar. Ha, qayerdan bildiz desam, “Boyadan beri ham o’ynab, ham atrofdagi hamma voqea-hodisalarni e’tibor bilan kuzatib sizga o’z tilida gapirib turibdi. O’z tilida gapirsa ham gaplarida ritm va ohang bor. Meni qizim 18oylik lekin hali bunday gapirolmaydi, faqat bir-ikkita so’zni o’zini aytadi xolos” dedilar. Aslida 18oylik uchun bu normal. Va bu holat kun bo’yi ona va bola o’zi qoladiganlar uchun mos bo’lgan vaziyat. Ko’pchilik bilan yashaydigan oilalarda, aka-opasi bor bolalarda til rivojlanishi ancha tez rivojlanadi. Kitob ko’p o’qishimizni bittada sezganlariga hayron qoldim. Kitob ko’p o’qisa kuzatish —> tushunish —> ifoda etish jarayoni miyada tez shakllanar ekan. Kitob orqali “atrofdagi dunyoni” tasvirlovchi so’zlarni ko’p eshitib, o’zi ham biror narsani aytib berish istagi kuchayarkan. Buni biz ham shu kunlarda his qilyapmiz. Chunki qizimiz osmonda qush ko’rsa shunchaki “qush!” demaydi, “omma, osmonda qush uchib ketyapti” yoki yeg’layotgan chaqaloqni ko’rsa “baby” demaydi “baby yeg’layapti” deb qo’llari bilan yeg’lashni ham ko’rsatib o’zini tilida so’zlarini ifoda qiladi. Hali ikki-uchta so’zdan boshqasini aytolmaydi, lekin o’zini tilida gapiradi. “Ma-ma-ma??” yoki “ma-ma-ma-ma!!” kabi so’roq va undov ohanglari bilan Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar