Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Vitamin D va Probiotiklar (foydali bakteriyalar) haqida Hoz...

Nov 4, 2025
Vitamin D va Probiotiklar (foydali bakteriyalar) haqida Hozir chaqaloqlar tug’ilgan kunidan boshlab vitamin D va probiotik ichadi. Har ikkalasi ham bolani immunitetini mustahkamlaydi. Bola tez-tez shamollab qolmaydi. Biz ham qizimiz tug’ilgan kundan boshlab hozirgacha vitamin D va probiotik berib kelamiz. Uni foydalarini o’zimiz his qilganmiz: shu paytgacha hali shamollab qolish, tomoq og’rig’i, burun oqishi kuzatilmagan. Haqiqatda immunitetni mustahkamlab bolani rivojlanishi, tish va suyak rivoji uchun ham foydalari ko’p ekan. Undan tashqari vitamin D raxit kasalligini oldini ham oladi. Probiotiklar ham bolalar uchun foydali. Yangi tug’ilgan chaqaloqda ichaklari deyarli “bo’m-bo’sh” bo’ladi ya’ni hali foydali bakteriyalar yetarli emas. Shuning uchun ichakda foydali bakteriyalarni mustahkamlash muhim. Probiotiklar bolada ichak muvozanatini saqlaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Kesarcha yo’l bilan tug’ilgan bolalar yoki antibiotik olgan bolalarda foydali bakteriyalar yana ham kam bo’ladi. Shu sabab ularga probiotiklar ko’proq foydali bo’ladi. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar