Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Agar kam qonlik boshlangan bo’lsa va temir mineralini ichish...

Oct 31, 2025
Agar kam qonlik boshlangan bo’lsa va temir mineralini ichish kerak bo’lsa e’tibor qaratish kerak bo’lgan ba’zi narsalar: - temir mineralini och qoringa ichish - tanaga yaxshi so’rilishi uchun vitamin C bilan birga ichish - temirni ichishdan 2soat oldin va keyin sutli mahsulotlarni iste’mol qilmaslik - ko’k choy-qora choy ichmaslik Bu faqat bolalar uchungina emas homiladorlar, katta odamlar uchun ham tegishli. Bizda odamlarni qoni doim past yurishini sababi — ovqat vaqtida choy ichilishidan. Chunki choy tarkibida tannin va polifenol degan moddalar bor. Ovqat vaqtida choy ichilsa choydagi bu moddalar go’sht va boshqa mahsulotlar tarkibidagi temir bilan birikib, erimaydigan birikma hosil qiladi. Natijada temir organizmga singmaydi va shunchaki chiqib ketadi. Homiladorlik vaqtida ham qon ko’paytirish uchun vitamin-minerallar ichilsa ham natijasi bo’lmasligi yuqoridagi narsalarga amal qilmaganlikdan bo’ladi. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar