Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

O’zimizdagi holat haqida qisqacha aytsam. Hozir qizimiz 14oy...

Oct 31, 2025
O’zimizdagi holat haqida qisqacha aytsam. Hozir qizimiz 14oylik, 12oylikdan boshlab sabzavotlarni tanlab yeydigan bo’lib qoldi. Asosiy yaxshi ko’rib yeydigan narsalari : guruch, go’sht, broccoli, dengiz o’ti va sutli mahsulotlar. Lekin boshqa sabzavotlarni ba’zida yeb ba’zida yemay qo’ydi. Shu sababli kecha analiz topshirgani bordik. Gemoglobin 11,4 g/dl bilan normal chiqdi, hali anemiya emas. Lekin ferritin va temir darajasi pastroq chiqdi ya’ni bu hali anemiya emas, balki zahiradagi temirning kamayishi boshlanyapti degani ekan. Shu sababli doktor temirni ko’paytirish uchun dori yozib berdi. Biz 6oylikdan boshlab qo’shimcha ovqatiga juda katta e’tibor qilib, har kunlik iste’mol qilishi kerak bo’lgan go’sht va sabzavot balansi va miqdorini gramm-grammigacha joy-joyiga qo’yib ovqatlantirgandik. Shu sababli hozirgacha hech qanday vitamin-mineral qo’shimchalarisiz ovqatni o’zi bilan yetib keldik. Lekin endi bola katta bo’lib o’zi tanlab yeyishni boshlashi bilan muvozanat buzilib sekin o’z ta’sirini berishni boshladi. Aytmoqchi bo’lganim 6oylikdan boshlash kerak bo’lgan qo’shimcha ovqatni kech boshlab, berib-bermay yoki bola yesa yeb, yemasa yemay ovqat ratsionida rejim bo’lmasa bu narsa yanada ertaroq boshlanishi mumkin. Bolada temir tanqisligi erta kunda boshlansa diqqatni jamlay olmaslik, rivojlanishda harakatlarni orqada qolishi kuzatiladi. Shu sababli qo’shimcha ovqatga va bolalar ovqatiga yaxshi e’tibor qaratish kerak ekan. Va bola 1yoshga to’lganida albatta analiz topshirib, agar kerak bo’lsa vitamin-minerallar bilan kam qonlikni oldini olgan yaxshi. Chunki bu narsa rivojlanayotgan bola uchun muhim ahamiyatga ega. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar