Skip to content
Telegram Channel Blog
← Back to Bola tarbiyasidagi bilimlar

Ko’pincha bolalarda 1yosh atrofida kam qonlik kuzatiladi. Bu...

Oct 31, 2025
Ko’pincha bolalarda 1yosh atrofida kam qonlik kuzatiladi. Bunga sabab bola tug’ilganda onadan olgan temir zahiralari 4~6 oylik da tugashni boshlaydi. Agar shu vaqtdan (6oylikdan) qo’shimcha ovqatga yaxshi e’tibor qaratilmasa bola 7~9 oylik bo’lishi bilan anemiya (kam qonlik) boshlanib bo’ladi. Bu narsa esa bola rivojlanishini sekinlashtirib qo’yadi. Ayniqsa ona suti bilan ozuqalanidigan bolalarda temir yetishmovchiligi oson yuzaga keladi. Chunki ona suti tarkibida temir miqdori juda kam, 100ml ona sutida atiga 0,35mg temir mavjud xolos. Bu esa bolani o’sishini ta’minlash uchun yetarli emas. Lekin formula bilan ozuqalanadigan bolalarda bu sekinroq bo’ladi. Sababi hozirgi formulalar temir bilan boyitilgan, taxminan 100mlda 0,6~1,2mg gacha temirni o’z ichiga oladi. Har ikki vaziyatda ham baribir bola 1yoshga to’lgandan keyin albatta qon topshirib temir miqdorini va vitamin D ni tekshirish kerak. Kanalga qo’shilish uchun: @bola_tarbiyasidagi_bilimlar
View more posts from Bola tarbiyasidagi bilimlar